«Zarbdor elevatori» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2022 yil 26-mart kuni soat 11-00 da jamiyat binosida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Zarbdor shaxarchasi,G‘allakor ko‘chasi 1-uy.
Aksiyadorlarni ruyxatga olish soat 10-00 dan boshlanadi.
Jamiyat aksiyadorlarini umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun aksiyadorlar reestri 2022 yil 01-mart holatiga va umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar ro‘yxati (reestr) 2022 yil 17-mart holatiga yopiladi.
Umumiy yig‘ilish kun tartibi
1) Yig‘ilish reglamentini tasdiqlash;
2) Sanoq komissiyasi son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
3) Jamiyatning 2021 yilgi moliya xo‘jalik faoliyati yakunlari va 2021 yilgi biznes rejaning bajarilishi to‘g‘risida jamiyat boshqaruvi raisining hisobotini eshitish;
4) Jamiyatning 2021 yil yakuni bo‘yicha yillik balansini, moliyaviy natijalar bo‘yicha jamiyat bosh xisobchisining hisobotini tasdiqlash;
5) Jamiyatning 2021 yilgi faoliyati bo‘yicha auditorlik tekshiruvi xulosasini tasdiqlash;
6) Jamiyat boshqaruvi raisi bilan tuzilgan mexnat shartnomasi muddatini 1 yilga uzaytirish.
7) Jamiyatning 2021 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakuni bilan olgan 6 129 028,0 ming so‘m foydasi taqsimotini tasdiqlash
8) Jamiyat Kuzatuv kengashining 2021 yil yakunlari bo‘yicha Kuzatuv kengashi raisining hisobotini tasdiqlash;
9) Jamiyatning 2022 yil uchun Biznes rejasini tasdiqlash.
10) Jamiyatning 2022 yil moliya xo‘jalik faoliyatiga xulosa uchun auditorlik firmasini belgilash va unga beriladigan to‘lov miqdorini tasdiqlash;
11) Jamiyatning Kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi yangi a’zolari tarkibini saylash;
12) 2021 yil yakuni bo‘yicha Moliyaviy ishlar masalalari bo‘yicha direktorining hisobotini eshitish.
13) Jamiyatda xaridlar jarayonining shaffofligi asosliligi,shu jumladan, mahalliy mahsulotlarning sifat va narx bo‘yicha belgilangan parametrlarga muvofiqligini hisobga olgan holda import xaridlarini, shuningdek valyuta resurslaridan samarali foydalanilishi to‘g‘risida tashqi audit hulosasini tasdiqlash.
14) Korporativ boshqaruv Kodeksi talablariga muvofiq jamiyatda 2021 yil yakuni bo‘yicha mustaqil tashkilot tomonidan o‘tkazilgan korporativ baxolash xulosasini tasdiqlash
15) Davlat ro‘yxatidan chiqarilib, faoliyati tugatilgan yuridik shaxslarning ko‘p yillardan beri undirilmasdan kelinayotgan umidsiz, muddati o‘tgan debitor qarzdorliklarini, yuridik shaxs tugatilganligi haqidagi tegishli xujjatlarga asosan jamiyat balansidan chiqarish
Umumiy yig‘ilishda ko‘riladigan masalalar bilan bog‘liq axborotlar hamda xujjatlar jamiyatning www.zarbdordon.uz VEB-saytiga joylashtirildi, shuningdek aksiyadorlar jamiyatning qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mutaxassisi orqali bevosita tanishishlari mumkin.
Jamiyat boshqaruvi raisi: F.Qodirqulov.