“Zarbdor elevatori” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil moliya xo‘jaligi faoliyati yakuni bo‘yicha Aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi 2020 yil 27-mart kuni soat 16.00 da jamiyat ma’muriy binosida bo‘lib o‘tadi. Sizdan gazetangizning kuyidagi taxrirdagi e’lonni berishingizni suraymiz.
Manzil:Jizzax viloyat, Zarbdor shahri, Yangi xayot MFY G‘allakor ko‘chasi 1-uy. Aksiyadorlarning ro‘yxatga olish 2020 yil 27-mart kuni soat 15.00dan boshlab amalga oshiriladi.
- Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
- Sanoq kamissiyasi soni va tarkibini tasdiqlash.
- Kuzatuv kengashining hisobotini tasdiklash.
- “Zarbdor elevatori” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil yakuni bo‘yicha moliya xo‘jalik faoliyatini boshqaruv raisining hisobotini tasdiqlash:
- “Zarbdor elevatori” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil yakuni bo‘yicha ishlab chiqarishning biznes reja ko‘rsatkichlarining bajarilishini Boshqaruv raisining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha direktorining hisobotini tasdiqlash:
- Korxonalarda xaridlar jarayonining shaffofligi asosliligi, shu jumladan, mahalliy mahsulotlarning sifat va narx bo‘yicha belgilangan parametrlarga muvofiqligini hisobga olgan holda import xaridlarini, shuningdek valyuta resurslaridan samarali foydalanilishi to‘g‘risida tashqi audit hulosasini tasdiqlash.
- Tashqi auditning 2019 yil yakuni bo‘yicha moliya xo‘jalik faoliyatini tekshirish xulosasini tasdiqlash;
- Jamiyat balansida ulushi bo‘lgan xazirgi kunda foydalanmasdan bo‘sh turgan bino va inshootlarni kim-oshdi savdolari orqali sotishni tasdiqlash.
- “Zarbdor elevatori” aksiyadorlik jamiyatining buxgalteriya balansi, foyda va zararlarini tasdiqlash.
- “Zarbdor elevatori”AJ ini 2020 yil biznes-rejasini tasdiqlash
- “Zarbdor elevatori” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash
- “Zarbdor elevatori”AJini Taftish komissiyasi a’zolarini saylash
- Korporativ boshqaruv tizimini baholashni o‘tkazish uchun auditorlik firmasini tanlash va uning xizmatiga to‘lanadigan xaq miqdorini belgilash.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 sentyabrdagi 5723-sonli Farmoniga muvofiq jamiyatlar tomonidan tasdiqlangan Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi a’zolarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida Nizomga o‘zgartirish kiritish.
- Jamiyat boshqaruv raisi bilan shartnoma muddatini uzaytirish.
- Kuzatuv kengashi a’zolariga to‘lanadigan badal miqdorini belgilash.
Aksiyadorlar reestri yopilish sanasi 2020 yil 20-Mart.
Asos: Jamiyat kuzatuv kengashining 2020 yil 04-Mart № 15- sonli yig‘ilish qarori.
Kuzatuv kengashi