“Zarbdor elevatori” aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2019 yil 28 mart kuni soat 17.00 da jamiyat binosida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Yangi hayot MFY, G‘allakor ko‘chasi, 1-uy.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 15.00 dan boshlanadi.
Jamiyat aksiyadorlarini umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun 2019 yil 15 mart holatiga va umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar ro‘yxati (reestr) 2019 yil 19 mart holatiga yopiladi.
Yig‘ilish kun tartibi:
- Yig‘ilish reglamentini tasdiqlash.
- Sanoq komissiyasi son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2018 yilgi moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari va 2018 yilgi biznes rejaning bajarilishi to‘g‘risida jamiyat boshqaruvi raisining hisobotini eshitish.
- Jamiyatning 2018 yil yakuni bo‘yicha yillik balansini, moliyaviy natijalar bo‘yicha jamiyat bosh hisobchisining hisobotini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2018 yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakuni bilan olgan sof foyda taqsimotini belgilash.
- Jamiyatning 2018 yilgi faoliyati bo‘yicha auditorlik tekshiruvi xulosasini tasdiqlash.
- Jamiyat boshqaruvi raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini 1 yilga uzaytirish.
- Jamiyat Kuzatuv kengashining 2018 yil yakunlari bo‘yicha Kuzatuv kengashi raisining hisobotini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2019 yil uchun biznes rejasini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2019 yil moliya-xo‘jalik faoliyatiga xulosa uchun auditorlik firmasini belgilash va unga beriladigan to‘lov miqdorini tasdiqlash.
- Jamiyatning Kuzatuv kengashi yangi a’zolari tarkibini saylash.
- Jamiyatning Taftish komissiyasi yangi a’zolari tarkibini saylash.
- Jamiyat Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi a’zolarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.
- Jamiyat ustavini yangi tahrirda tasdiqlash.
Umumiy yig‘ilishda ko‘riladigan masalalar bilan bog‘liq axborotlar hamda hujjatlar jamiyatning www.jizzahdon.uz veb-saytiga joylashtirildi, shuningdek, aksiyadorlar jamiyatning qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mutaxassisi orqali bevosita tanishishlari mumkin.
“Zarbdor elevatori” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 1 yanvar’ holatiga ko‘ra, buxgalteriya balansi 2018 yil moliyaviy yili natijalari ma’lum qilinadi
Жамиятнинг 2019 йил 1 январь ҳолатига бухгалтерия баланси (минг сўмда)
Актив | Қиймати | Пассив | Қиймати |
Асосий воситаларнинг қолдиқ қиймати | 23420101 | Устав капитали | 889013 |
Узоқ муддатли инвестиция | 6046951 | Қўшилган капитал | 38850 |
Товар-моддий захиралари | 60725785 | Захира капитали | 8866289 |
Дебиторлар | 89117771 | Тақсимланмаган фойда | -13956282 |
Бошқа жорий активлар | 10585803 | Мажбуриятлар | 184019203 |
Жамиятнинг 2018 йил молиявий натижалари (минг сўмда)
Маҳсулот сотишдан тушган соф тушум | 135198093 |
Маҳсулот сотишдан ялпи фойда | 10590883 |
Умумий хўжалик фаолиятининг фойдаси | 433271 |
Соф фойда | 334549 |