“Zarbdor elevatori” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2018 yil 28 dekabr’ kuni soat 12.00 da jamiyat binosida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Yangi hayot MFY, G‘allakor ko‘chasi, 1-uy.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 11.00 dan boshlanadi.
Jamiyat aksiyadorlarini umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun 2018 yil 18 dekabr’ holatiga va umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar ro‘yxati (reestr) 2018 yil 24 dekabr’ holatiga yopiladi.
Yig‘ilish kun tartibi:
- Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari vakolatini muddatidan oldin bekor qilish.
- Jamiyat kuzatuv kengashi yangi a’zolarini saylash.
Umumiy yig‘ilishda ko‘riladigan masalalar bilan bog‘liq axborot hamda hujjatlar jamiyatning www.Zarbdordon.uz veb-saytiga joylashtirildi, shuningdek, aksiyadorlar jamiyatning qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mutaxassisi orqali bevosita tanishishlari mumkin. Tel.: (94) 576-48-65.