“Zarbdor elevatori” aksiyadorlik jamiyatining 2015 yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarning navbatdagi yillik Umumiy yig‘ilishi 2016 yil 30 aprel’ kuni soat 11.00 da jamiyat binosida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Zarbdor tumani, Oxunboboev ko‘chasi, 1-uy.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 10.00 dan boshlanadi.
Jamiyatning Umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar ro‘yxati (reestr) 2016 yil 27 aprel’ holatiga yopiladi.
Umumiy yig‘ilish kun tartibi:
Yig‘ilish reglamentini tasdiqlash.
- Sanoq komissiyasi son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2015 yilgi moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari va 2015 yilgi biznes rejasining bajarilishi to‘g‘risida jamiyat boshqaruvi raisining hisobotini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2015 yil yakuni bo‘yicha yillik balansi, moliyaviy natijalar hisobotini va sof foyda taqsimoti bo‘yicha jamiyat bosh hisobchisining hisobotini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2015 yil yakuni bo‘yicha Taftish komissiyasining hisobotini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2015 yilgi faoliyati bo‘yicha auditorlik tekshiruvi xulosasini tasdiqlash.
- Jamiyat boshqaruvi raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini 1 yilga uzaytirish.
- Jamiyatning 2015 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakuni bilan olgan 30844,0 ming so‘m sof foydaning 88 foizini dividend to‘loviga, 5 foizini tarmoq korxonalarini rivojlantirish fondiga, 2 foizini mehnatni muhofaza qilish jamg‘armasiga, 5 foizini zaxira fondiga ajratish.
- 2015 yil yakunlari bo‘yicha Kuzatuv kengashi raisining hisobotini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2016 yil moliya-xo‘jalik faoliyatiga xulosa uchun auditorlik firmasini belgilash va unga beriladigan to‘lov miqdorini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2016 yil uchun biznes rejasini tasdiqlash.
- Jamiyatning Kuzatuv kengashi yangi a’zolari tarkibini saylash.
- Jamiyatning Taftish komissiyasi yangi a’zolarini saylash.
- “Korporativ boshqaruv kodeksi” tavsiyalariga rioya etish majburiyatini olish.
Umumiy yig‘ilishda ko‘riladigan masalalar bilan bog‘liq axborotlar hamda hujjatlar jamiyatning www.zarbdordon.uz veb-saytiga joylashtirildi, shuningdek aksiyadorlar jamiyatning qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mutaxassisi orqali bevosita tanishishlari mumkin.
“Zarbdor elevatori” aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil 1 yanvar’ holatiga ko‘ra buxgalteriya balansi, 2015 yil moliyaviy yil natijalarini ma’lum qiladi.