«Zarbdor elevatori»aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2017 yil 16 may kuni soat
12-00 da jamiyat binosida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Zarbdor tumani, Oxunboboev kuchasi, 1 uy.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 11-00 dan boshlanadi.
Jamiyatning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish xuquqiga ega aksiyadorlar ro‘yxati (reestr) 2017 yil 3 may holatiga yopiladi.
Umumiy yigilish kun tartibi:
1) Yig‘ilish reglamentini tasdiqlash;
2) Sanoq komissiyasi son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
3) Jamiyatning 2016 yilgi moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari va 2016 yilgi biznes rejasining bajarilishi to‘g‘risida jamiyat boshqaruvi raisining hisobotini tasdiqlash;
4) Jamiyatning 2016 yil yakuni bo‘yicha yillik balansini, moliyaviy natijalar hisobotini va sof foyda taqsimoti bo‘yicha jamiyat bosh xisobchisining hisobotini tasdiqlash;
5) Jamiyatning 2016 yil yakuni bo‘yicha taftish komissiyasining hisobotini tasdiqlash;
6) Jamiyatning 2016 yilgi faoliyati bo‘yicha auditorlik tekshiruvi xulosasini tasdiqlash;
7) Jamiyat boshqaruvi raisi bilan tuzilgan mexnat shartnomasi muddatini 1 yilga uzaytirish.
8) Jamiyatning 2016 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakuni bilan olgan 53806,0 ming sum sof foydaning 80 foizini dividend to‘loviga, 5 foizini tarmoq korxonalarini rivojlantirish fondiga, 5 foizini mexnatni muxofaza qilish jamg‘armasiga, 10 foizini zaxira fondiga ajratish.
9) 2016 yil yakunlari bo‘yicha Kuzatuv kengashi raisining hisobotini tasdiqlash;
10) Jamiyatning 2017 yil moliya xo‘jalik faoliyatiga xulosa uchun auditorlik firmasini belgilash va unga beriladigan to‘lov miqdorini tasdiqlash;
11) Jamiyatning 2017 yil uchun Biznes rejasini tasdiqlash.
12) Jamiyatning Kuzatuv kengashi yangi a’zolari tarkibini saylash;
13) Jamiyatning taftish komissiyasi yangi a’zolarini saylash;
14) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi PQ-2340 sonli qarorini ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;
Umumiy yig‘ilishda ko‘riladigan masalalar bilan bog‘liq axborotlar hamda xujjatlar jamiyatning www.zarbdordon.uz VEB-saytiga joylashtirildi, shuningdek aksiyadorlar jamiyatning qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mutaxassisi orqali bevosita tanishishlari mumkin.
Umumiy yig‘ilishda qatnashish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat,shuningdek vakillar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma taqdim kilishlari kerak.
Jamiyat ijroiya organi.