JAMIYAT HAQIDA
Jamiyat to’liq nomi
«ZARBDOR ELEVATORI» Аksiyadorlik jamiyati
Jamiyat joylashgan yeri
O’zbekiston Respublikasi,130601, Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, «Yangi xayot» MFY, G’allakor ko’chasi,1-uy
Jamiyat tarixi
1995 yil 25 sentyabr – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 22 aprel «O’zdonmahsulot» Davlat Konsernini «О’zdonmahsulot» Davlat aksiyadorlik Korporatsiyasiga qayta tuzish to’g’risida»gi PF-840-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 23 fevraldagi «Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 88-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash qo’mitasining 1995 yil 27 apreldagi 123-k-PO-sonli qaroriga asosan «Zarbdor elevatori» davlat korxonasi negizida «Zarbdor elevatori» Ochiq turdagi aksiyadorlik tashkil topildi.
2004 yil 6 yanvar – «ZARBDOR ELEVATORI» Ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta ro’xatdan o’tkazildi.
2014 yil 1 dekabr – «ZARBDOR ELEVATORI» Aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta ro’xatdan o’tkazildi.
Jamiyat faoliyatining maqsadi va sohasi (asosiy yo’nalishlari)
Jamiyatning asosiy maqsadi umumho’jalik faoliyatidan foyda olish hisoblanadi.
Jamiyat faoliyatining sohasi quidagilardan iborat:
– bug’doy mahsulotlarni qabul qilish va saqlash;
– arpa mahsulotlarni qabul qilish va saqlash;
– don mahsulotlarini temir yo’l tarozilarida o’lchash.
Ustav fondi
Jamiyat Ustav fondi 700 000 000 so’mni tashkil qiladi hamda nominal qiymati 200 so’m bo’lgan 3 500 000 dona oddiy aksiyadorlar olgan aksiyalarga bo’lingan (joylashtirilgan aksiyalarga) bo’lingan.
Tashkiliy tuzilmasi
Jamiyat yuqori boshqaruv organi – jamiyat aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi.
Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish boshqaruv organi (qoninchilik va Jamiyat Ustavi bilan aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni xal etish bundan ) – jamiyat Kuzatuv kengashi.
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish boshqaruv organi – ijroyiya organi: Boshqaruv Raisi.
Jamiyatning faoliyatini nazorat qiluvchi organlari – jamiyat Taftishchi va Ichki audit xizmati.
Infratuzilma
Jamiyat yer maydoni 10,56 gektarni tashkil qiladi. Jamiyat xududida ma’muriy binosi, laboratoriya, 150 ming tonnalik elevatori va boshqa infratuzilmaviy obyektlar mavjud.